Yandeksning robot-kuryeri tovarlarni yetkazib berishni boshladi

Yandeksning robot-kuryeri tovarlarni yetkazib berishni boshladi

2019 yilning kuzida Yandeks “Yandeks.Rover” robot-kureri yaratilishini e’lon qilgan edi. O‘shandan beri bu kuryer Yandeksning Moskvadagi idorasi bo‘ylab hujjatlarni tashishda foydalanilgan va sinovdan o‘tkazilgan. Endi kompaniya robotga yangi mahorat o‘qitilganligini ma’lum qildi.

Sinovning yangi bosqichida Rover Yandeks xizmatchilariga “Beru” onlayn do‘konidan tovarlarni yetkazib berishni boshlaydi.

Mijoz Roverning harakatini smartfonidagi xarita yordamida kuzatib boradi va u kelganidan keyin u xabarnoma yuboradi. Belgilangan manzilga yetib kelgan robotning qopqog‘i ilovadagi tugmacha yordamida ochiladi.

Yandeks yaqin kelajakda Roverlardan “Yandeks.Eda”, “Yandeks.Lavka” va boshqa bir qator logistika bilan bog‘liq xizmatlarda foydalanishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!