Yana bir ona qizini sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi

Yana bir ona qizini sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida yashovchi ayol o‘zining bir yoshli qiz farzandini sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Bu haqda «ZAMON» informasion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, bolaning onasi jarqurg‘onlik bir ayol bilan tanishib, farzandini unga sotmoqchi bo‘ladi. Ammo jarqo‘rg‘onlik ayol bu holat qonunga zid ekanligini bilgan holda bu haqda huquqni himoya qilish organlariga murojaat qiladi.

IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida ayol o‘z farzandi uchun 12 million 600 ming so‘m pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

«Men bolamni sotmoqchi emasdim. Boqa olmaganim uchun berib yuborayotgandim. Sharoitim og‘ir, ota-onam ham bolamni qabul qilmayapti», — deya iddao qiladi ona.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!