Yamandagi qurol omborida portlash yuz berdi

Yamandagi qurol omborida portlash yuz berdi

Yaman janubidagi Abyan viloyatidagi o‘q-dorilar omborida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi yaralandi.

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, qurol-yarog‘ 3 qavatli binoda saqlangan va bular qurol sotuvchisiga tegishli bo‘lgan.

Shuningdek, hodisa qurbonlari asosan portlash sodir bo‘lgan joy yaqinidagi valyuta ayirboshlash shoxobchasi oldida maoshlarini olishni kutayotgan odamlar bo‘lgan.

Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, ba’zilarining ahvoli og‘ir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!