Yakkasaroydagi yer osti tunnelida elektr simlarini tutashi kuzatildi

Yakkasaroydagi yer osti tunnelida elektr simlarini tutashi kuzatildi

Bugun, 10-iyun kuni soat 08:10 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Afrosiyob va SH.Rashidov ko‘chalari kesishmasi oldida joylashgan yer osti tunnelida elektr simlarini tutashi kuzatildi.

Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 08:15 da yetib borib, soat 09:08 da qurshab olingan va hodisa soat 09:15 da bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!