Xususiy notarius tomonidan birinchi notarial harakat rasmiylashtirildi

Xususiy notarius tomonidan birinchi notarial harakat rasmiylashtirildi

Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi ma’lum qildi. Joriy yilning 1 mayidan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar o‘z faoliyatini boshladi. Bugunning o‘zida yangi tashkil etilgan xususiy notarius tomonidan birinchi notarial harakat amalga oshirildi.

Mazkur notarial harakat Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius F.Xojimatov tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, fuqaro S. R. tomonidan nafaqa olish uchun ishonchnoma rasmiylashtirildi.
 
Prezidentning tegishli Farmoniga muvofiq xususiy notariuslar faoliyati yo‘lga qo‘yilishidan maqsad aholining notarial xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, notariat sohasida erkin raqobat muhitining shakllanishi, ortiqcha byurokratiya va korrupsiya holatlariga to‘la barham berishdan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!