Xuddi qo‘rqinchli kinolardagidek! AQSh va Meksikada yuz minglab o‘lik qushlar topildi

Xuddi qo‘rqinchli kinolardagidek! AQSh va Meksikada yuz minglab o‘lik qushlar topildi

Qo‘shma Shtatlar va Meksikada yuz minglab ko‘chib yuruvchi qushlarning o‘lik tanalari topildi.

Nyu-Meksiko shtati universiteti biologlari qushlarning ommaviy o‘limi sababini aniqlashga harakat qilmoqda, deb yozadi CNN.

O‘lgan qushlarning aksariyati Nyu-Meksiko shtatidagi Uayt-Sends maydonida va qo‘riqxonada topilgan. Keyinchalik Kolorado va Texas shtatlarida, shuningdek, qo‘shni Meksikada ham aniqlangan.

Mahalliy aholi va biologlar qushlarning o‘limdan oldin o‘zini qanday tutishganliklari haqida gapirib berishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, odatda, faqat butalar va daraxtlarda ko‘rish mumkin bo‘lgan qushlar yerga o‘tirishgan. Ularga qarata signal bergan mashinalarga ham ahamiyat qilishmagan. Shuningdek, qushlar odamlarni o‘zlariga yaqinlashishiga imkon berishgan.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!