Xosep Gvardiola: "Bunday Agueroni hech qachon ko‘rmaganman"

Xosep Gvardiola: "Bunday Agueroni hech qachon ko‘rmaganman"

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bundan biroz avval yakuniga yetgan "Xaddersfild"ga (6:1) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan hujumchi Serxio Aguero haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Manchester Siti”ni boshqarib kelayotganimdan buyon bunday formadagi Agueroni ko‘rmaganman. U ta’tildan ajoyib holatda qaytdi.

Aguero to‘p bilan va to‘psiz ham ajoyib harakat qila oladi. Undagi gol urish qobiliyati esa tug‘ma. Men uni zaxiraga olish haqida o‘ylagandim, ammo u mukammal o‘yin namoyish etdi”, - deydi Gvardiola.
 

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!