Xorxe Messi: «Bir kun kelib Leo yana «Barselona»ga qaytadi»

Xorxe Messi: «Bir kun kelib Leo yana «Barselona»ga qaytadi»

«PSJ» hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi Barselonaga bordi va jurnalistlar bilan suhbatda o‘g‘li bir kun kelib yana Kataloniyaga qaytishini aytdi.

«Umid qilamanki, Leo bir kun kelib yana «Barselona»ga qaytishiga imkoniyat bo‘ladi», — dedi Xorxe.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchi o‘tgan yozda «ko‘k-anorranglilar»ni tark etishga majbur bo‘lgandi. Bunga «Barsa»ning moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolari sabab bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Messi barcha musobaqalarda parijliklar safida 33ta o‘yin o‘tkazib, 11ta gol va 13ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!