Xorijlik ziyoratchilar uchun umra mavsumi qachon tugashi aytildi

Xorijlik ziyoratchilar uchun umra mavsumi qachon tugashi aytildi

Saudiya Arabistoniga xorijdan kelgan musulmonlar uchun joriy umra mavsumi 31 may kuni yakunlanadi.

Haj va Umra vazirligi muborak Ramazon oyidan keyingi shavvol oyining 30-kunini xorijlik musulmonlar uchun umra ziyoratini ado etishi uchun so‘nggi muddat sifatida belgiladi. Bu 31 mayga to‘g‘ri keladi.

Ma’lum qilinishicha, bu yilgi Haj safariga hujjatlarni ro‘yxatga olish va qabul qilish sanalari o‘z vaqtida rasmiy kanallar orqali e’lon qilinadi.

Podsholik ikki yil ichida birinchi marta butun dunyodan ziyoratchilarni kutib olishga hozirlik ko‘rmoqda. O‘tgan yili Haj ziyoratiga Saudiya Arabistonining o‘zidan kelgan 60 000 kishi bilan cheklangan bo‘lsa, 2020 yilda global sog‘liqni saqlash inqirozi avjida bo‘lganida ularning soni atigi 1000 kishi bo‘lgan edi.

Aprel oyida Haj va Umra vazirligi qirollik 1 million ziyoratchiga katta Haj ibodatini ado etishga ruxsat berishini ma’lum qilgan edi.

Vazirlik ziyoratchilardan Haj ziyoratini bajarish chog‘ida profilaktika choralariga rioya qilishlari talab qilinishini hamda 65 yoshgacha bo‘lganlar tasdiqlangan vaksinalar bilan COVID-19 ga qarshi to‘liq emlangan bo‘lishi kerakligini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!