Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.Q. va A.A. (muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan) fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 22 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Xuddi shunday, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. fuqaro A.A. va boshqalarni tanishlari orqali Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga avvaldan kelishilgan 32 000 AQSh dollaridan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Farg‘ona shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.G.” MCHJ Farg‘ona filiali rahbari N.A. fuqaro A.A.ga o‘zini go‘yoki Tashqi mehnat migrasiya agentligi xodimi sifatida tanishtirib, uni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishi uchun 10 000 AQSh dollari evaziga sertifikat tayyorlab berishini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda chet tillarni o‘rgatuvchi “A.” o‘quv markazi xodimi X.SH. fuqaro F.O.ni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishi uchun “G1 viza” rasmiylashtirib berishini aytib, undan 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.