Xorazmlik erkak IIB xodimini do‘pposladi

Xorazmlik erkak IIB xodimini do‘pposladi

Mamlakatimizda ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirish, ularning qo‘yi bo‘g‘inlarini aholiga yanada yaqinlashtirgan holda mustahkamlash, barcha darajadagi tuzilmalarning vazifalari va funksiyalarini aniq belgilash, zamonaviy xavf-xatarlarni hisobga olgan holda kuch va vositalarni oqilona taqsimlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Biroq ayrim fuqarolarimiz tomonidan huquq himoyachilari hisoblangan milisiya xodimlarini o‘z xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qiladigan harakatlar sodir etilishi hamon kuzatilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudi sudyasi M.Ruzmetovning ma’lum qilishicha, 1984 yilda Xorazm viloyatining Xazorsp tumanida tug‘ilgan fuqaro J.Qo‘chqorov (shaxslarning ismlari o‘zgartirilgan) 2019 yil 5 sentyabr kuni soat 21 larda “Damas” rusumli avtomashinani spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarib kelib, chorrahada xizmatni o‘tayotgan yo‘l patrul xizmati xodimlarini ko‘rib, avtomashinadan tushib qochgan. Ichki ishlar xodimlari huquqbuzarlik sodir etib hodisa joyidan yashiringan shaxsni ushlash maqsadida uning ketidan u kirgan uyga borib, haydovchini ortidan kelganligini aytganda J.Qo‘chqorov xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori S.Boltayevning qonuniy talabiga mast holda qarshilik ko‘rsatib, uning yuziga mushti bilan keyinchalik g‘isht bilan urgan paytda unga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan YPX inspektori O.Nurjonovni ketmon bilan dastlab o‘ng qo‘liga va bosh qismi ensa sohasiga urib, tani-badaniga oyog‘i bilan tepgan va qo‘lidagi ketmon bilan YPX inspektori M.Erkayevni urmoqchi bo‘lib quvlab, xizmat vazifasini bajarayotgan, hokimiyat vakili hisoblangan YPX inspektorlarining sha’niga turli xil uyatsiz so‘zlarni aytib, ularni o‘z xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi J.Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, ishdagi og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar inobatga olinib unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo chorasi  tayinlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!