Xorazmdagi tug‘uruqxonada farzandini dunyoga keltirgan 24 yoshli ayol vafot etdi

Xorazmdagi tug‘uruqxonada farzandini dunyoga keltirgan 24 yoshli ayol vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayolning shifokorlar aybi bilan vafot etganligi haqida murojaatlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Xorazm viloyati prokuraturasi rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Aniqlanishicha, 2022 yil 12 sentyabr kuni Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq kompleksida tumanning Shirinqo‘ng‘irot qishlog‘i, “Ochanqal’a” mahallasida yashagan 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro G.B. qiz jinsli chaqaloq tuqqan va tug‘uruqdan keyin G.B.da qon ketish kuzatilgach, unda bachadon ortig‘i bilan olish jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Jarrohlik amaliyotidan keyin G.B. 13 sentyabr kuni RSHTYOIM Xorazm filialiga o‘tkazilgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay 14 sentyabr kuni filialning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Fuqaro G.B.ning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi hamda unga ko‘rsatilgan tibbiy yordamning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlash yuzasidan komissiyaviy sud-tibbiy ekspertizasi, shuningdek G.B.ning vafoti bo‘yicha shifokorlarning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda holat yuzasidan Yangibozor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!