Xorazmda o‘quvchilar direktor tomonidan sholi maydoniga ishlashga yuborilgani aytildi

Xorazmda o‘quvchilar direktor tomonidan sholi maydoniga ishlashga yuborilgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan video tarqaldi.

Xabarda Qo‘shko‘pir tumani 19-son maktab o‘quvchilari direktor tomonidan sholi ekini ekilgan yer maydoniga ishlash uchun yuborilgani keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilgan. Ushbu vaziyat o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan. O‘rganish natijasida maktab direktori tomonidan o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganligi holati o‘z tasdig‘ini topmagan.

Shuningdek, hozirda vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!