Xorazmda “Instagram”dan rasmlarni o‘chirish evaziga pul talab qilgan tovlamachi ushlandi

Xorazmda “Instagram”dan  rasmlarni o‘chirish evaziga pul talab qilgan tovlamachi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.B. fuqaro S.ning nomiga ochilgan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i sahifasidagi S.ni obro‘sizlantiruvchi rasmlarni o‘chirish evaziga tovlamachilik yo‘li bilan fuqarodan akasi M.B. orqali 5 000 AQSh dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!