Xorazmda hokim o‘rinbosari fojiali tarzda halok bo‘ldi

Xorazmda hokim o‘rinbosari fojiali tarzda halok bo‘ldi

17 mart kuni Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari U.Jumagaldiyev fojiali o‘lim topdi. Bu haqda Xorazm viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Urganch shahar, "Baxtli kelajak" ko‘chasi, 13-yo‘lak, 52-uyda yashagan, 1990 yilda tug‘ilgan Gurlan tumani hokimi o‘rinbosari Umidjon Jumagaldiyev 17 mart kuni soat 01.30 larda 90 029 DAV davlat raqam belgili, “NEXIA 3” rusumli xizmat avtomashinasida falokatga uchragan. Ya’ni u “Urganch – Gurlan” avtomobil yo‘lining Urganch tumani, “O‘rta do‘rman” mahallasi hududida Urganch tumani tomonga qarab harakatlanib borib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan fuqaro SH.Sobirov boshqaruvidagi “XCMG GR180” rusumli, 90 JA 780 davlat raqam belgili yuk avtomashinasini orqa o‘ng tomon g‘ildiragiga urilgan. Natijada boshqaruvni yo‘qotib, avtomabil yo‘lidan chiqib ketib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

U.Jumagaldiyev olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Ayni damda voqea yuzasidan sud-tibbiy, sud-avtotexnika va sud-trasologik ekspertizalari tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!