Xonanda MakSimga o‘pka ko‘chirib o‘tkazilishi mumkin

Xonanda MakSimga o‘pka ko‘chirib o‘tkazilishi mumkin

Xonanda MakSim uchun 2021 yil sinovlarga to‘la bo‘ldi. U bir necha oyni koma holatida o‘tkazdi. Keyin butun mamlakat unga hamdard bo‘ldi: muxlislar uning tuzalib ketishini tiladi, futbolchilar esa uning qo‘shiqlarini kuyladi. Lekin salomatlik bilan bog‘liq muammolar hali ham Marinani bezovta qilmoqda.

Og‘ir kasallikdan so‘ng MakSimning o‘pkasidan biri to‘liq tiklanmagani ma’lum bo‘ldi.

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, o‘pkalardan birida minimal miqdorda normal ishlaydigan to‘qimalar qolgan. Xonandaga o‘pka transplantasiyasini amalga oshirish tavsiya etiladi, chunki kasallik tufayli vayron bo‘lgan to‘qimalarni tiklash deyarli mumkin emas.

«Keyinroq u kuylay oladimi? Mumkin, chunki uning bir qancha un paychalari ishlaydi. Ammo o‘pkada havo ta’minoti ancha kichik bo‘lganligi sababli uzun notalardan voz kechish kerak bo‘ladi», – deydi insayder «Komsomolskaya pravda» nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 15 iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas oldirish apparati ulangan. Ahvoli og‘irlashgan MakSimni komadan chiqarishning iloji bo‘lmagan. Birozdan so‘ng koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonandaning holati yaxshilana boshlagan. Shundan so‘ng MakSim unga dalda bo‘lgan muxlislariga salom yo‘llagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!