Xonanda Kaniza turmushga chiqdi

Xonanda Kaniza turmushga chiqdi

37 yoshli xonanda Kaniza Instagram sahifasi orqali kelinlik libosida tushgan suratlarini joylab, turmush qurganini bildirdi.

«Biz bir-birimizni 7 yil sinadik. Hatto ayro yo‘llardan ketdik. Men hurmat qiladigan erkak o‘ta rashkchi va san’atni qabul qilolmaydigan bo‘lishi kerak edi. Shunday insonni sevdim. Faqat birga bo‘lishimiz uchun yillar kerak bo‘ldi. Vanihoyat rashk, qaysarlik, har xil shartlardan ko‘ra sevgimiz kuchlilik qildi. Alhamdulillah», — deb yozadi xonanda.

«Har bir qizning orzusi — oq libosda yangi hayotga qadam qo‘yish. Va shuni bilingki, qizlarjonlar, baxtning ertasi yoki kechi bo‘lmaydi. Alloh taqdiringizga kimni va qaysi vaqtni yozgan bo‘lsa, o‘sha kuni baxtingizga yetasiz», — deb yozadi Kaniza.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!