Xitoylik fermer ikki boshli ilon tutib oldi

Xitoylik fermer ikki boshli ilon tutib oldi

Xebey provinsiyasida yashovchi fermer o‘z hovlisida 2 boshli ilon yurganini payqab, uni yaqinlari va qo‘shnilariga ko‘rsatish uchun tutib oldi, deya xabar beradi UPI.

Fermer jarayonni video tasvirga olishga ham ulgurgan, tasvirda uning ikkala boshi ham aniq ko‘rinib turibdi. Biroq kimdir idishga bexos tegib ketgan, shekilli, ilon qochib ketgan.

Nyu-Jersilik gerpetologlar ham sentyabr oyida 2 boshli ilon tutib olishgan edi. U hozir kuzatuv ostida. Bunday noyob jonivorlar yovvoyi tabiatda omon qolmaydi, ular albatta, mutaxassislar nazorati ostida bo‘lishi kerak, deb hisoblanadi.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!