Xitoyda zavoddagi yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda zavoddagi yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi

Xenan provinsiyasi (Markaziy Xitoy) Anyan shahridagi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi.

Anyan shahridagi korxonada yong‘in 21 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:22 da sodir Voqea joyiga 63 ta o‘t o‘chirish mashinasi yetib keldi. Oradan 3,5 soat o‘tgach, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Soat 23:00da yong‘in to‘liq o‘chirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:10 holatiga ko‘ra, yong‘in oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan, yana ikki kishi yengil tan jarohati olgan.

Voqea sabablarini aniqlash uchun yong‘in joyida tergov ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!