Tayvandagi Apple qurilmalari ishlab chiqariladigan korxonaning to‘rt nafar xodimi mahalliy hukumat tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.
Qayd etilishicha, mutaxassislar Tayvanning Foxconn Technology Group kompaniyasi tomonidan boshqariladigan ishlab chiqarish majmuasida faoliyat yuritib kelgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, ular ishonchni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq qonunbuzarlikda ayblanmoqda, ammo aynan qanday ayblov qo‘yilayotgani ma’lum emas.
Tayvanning Materik masalalari bo‘yicha kengashi Foxconn bayonotidan iqtibos keltirib, kompaniya o‘z xodimlarining xatti-harakatlari bilan bog‘liq holatdan moliyaviy zarar ko‘rmaganini aytdi. Chjenchjou iPhone qurilmalarini yetkazib berishda muhim zanjir vazifasini bajaradi. Idoradagilar ushbu ayblovni «g‘alati» deb atab, noqonuniy hibsga olish ishlari investorlarning Xitoyga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, kengash Xitoy hukumatini ushbu masalani zudlik bilan shaffof tarzda ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Iyun oyida kengash Tayvan fuqarolarining Xitoyga safarlari xavfi darajasini ko‘targan edi — majburiy bo‘lmagan safarlardan tiyilish tavsiya qilingan. Pekin tomonidan milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunning kuchaytirilishi tayvanliklarning noqonuniy ravishda qo‘lga olinishi yoki so‘roq qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Idora ushbu chorani Xitoy «Tayvan mustaqilligi tarafdorlariga» qarshi yangi normalar joriy etgani sabab qabul qilishga majbur bo‘lgan — ularga o‘lim jazosigacha bo‘lgan choralar tahdid solmoqda. Straits Exchange Foundation fondi vakillari Foxconn va qo‘lga olinganlarning oilalari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи Валерий Герасимов ўтган ҳафта АҚШ штаб бошлиқлари бирлашган қўмитаси раиси, генерал Чарлз Браунга қўнғироқ қилди.
2024 йил 5 декабрь куни жиноят ишлари бўйича Қумқўрғон туман судида 1981 йилда туғилган ҳуқуқбузар ўзининг яшаш хонадонида жабрланувчи аёлга ҳар хил беҳаё сўзларни гапириб, унга нисбатан шаҳвоний шилқимлик қилгани сабаб унга жазо тайинланди.
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
«Bulgartransgaz келишувдаги мажбуриятларини қатъий бажаришни давом этади ва хизмат ҳақи тўланмаса, табиий газ транзитига йўл қўймайди», — дейди мамлакат энергетика вазири Владимир Малинов.
«Мигрант Сервис» платформаси директори Андрей Кладов 2025 йилда Россияда қайси соҳаларда мигрантларнинг хизматига талаб энг юқори бўлишини маълум қилди.
Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.
Айни вақтда «Абу Валид» лақаби билан интернетга видео тасвирлар жойлаб бораётган Нуриддинов Худоёр Бахтиёр ўғлига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, қидирув эълон қилинган. Бу ҳақда ИИВ хабар берди.