Xitoyda elektron savdoning umumiy hajmi 42 trln yuanga (6,5 trln dollar) teng bo‘ldi

Xitoyda elektron savdoning umumiy hajmi 42 trln yuanga (6,5 trln dollar) teng bo‘ldi

Xitoyda so‘nggi o‘n yil ichida elektron tijorat sohasida ulkan yutuqlar kuzatildi. Hozirgi vaqtda XXR dunyodagi eng yirik elektron tijorat bozori hisoblanib, unda qariyb 850 mln kishidan iborat ko‘plab xaridorlar istiqomat qiladi.

🌐Elektron savdoning umumiy hajmi – 42 trln yuanga (6,5 trln dollar) teng bo‘ldi. Jismoniy tovarlar chakana savdosining chorak qismidan ko‘prog‘i Internet orqali sotilgan tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgan, bu jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 18,8% yuqori.

📈B2B (biznesdan biznesga) shaklidagi transchegaraviy elektron tijorat ham Xitoy iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylandi, 2023 yilga kelib ushbu bozorning kutilayotgan qiymati – qariyb 9 trln yuanni tashkil etdi (1,3 trln dollar).

☝️Jahon banki ekspertlarining fikricha, Xitoyda elektron tijorat muvaffaqiyati raqamli texnologiyalarning afzalliklari yuqori daromadli va yuqori urbanizasiyalashgan mamlakatlar bilan cheklanib qolmasligini ko‘rsatdi.

📊Xitoyning qishloq hududlarida elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha erishgan muvaffaqiyatlari raqamli texnologiyalarning afzalliklari faqat yuqori daromadli mamlakatlar va shahar tumanlari bilan cheklanib qolmasligini ko‘rsatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!