Xitoy va AQSh samarali muzokaralar olib borishdi

Xitoy va AQSh samarali muzokaralar olib borishdi

AQSh va Xitoyning yuqori martabali diplomatlari Pekinda samimiy va samarali muzokaralar o‘tkazdi va ziddiyatning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun aloqa liniyalarini ochiq saqlashga kelishib oldi. Bu haqda AP rasmiylar bayonotlariga tayanib xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, AQSh davlat kotibining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani masalalari bo‘yicha yordamchisi Daniyel Kritenbrink fevral oyi boshida AQSh hududida urib tushirilgan xitoylik josuslik shari yuzasidan Vashington va Pekin o‘rtasida keskinlik yuzaga kelganidan so‘ng Xitoyga tashrif buyurgan eng yuqori martabali AQSh rasmiysiga aylandi.

Keyin AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga rejalashtirilgan safarini keyinga qoldirdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Kritenbrink va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ma Chjaoxun “Xitoy-AQSh munosabatlarini yaxshilash va kelishmovchiliklarni to‘g‘ri hal etish bo‘yicha ochiq va samarali suhbat o‘tkazganini” aytdi.

AQSh Davlat departamenti, shuningdek, ikki amaldor ochiq muloqot liniyalarini qo‘llab-quvvatlash va ikki davlat o‘rtasidagi yaqinda yuqori darajadagi diplomatik aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlar doirasida ochiq va samarali muzokaralar o‘tkazganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!