Xitoy Tayvan yaqinidagi suvlarda ballistik raketalar uchirdi

Xitoy Tayvan yaqinidagi suvlarda ballistik raketalar uchirdi

Tayvan: Xitoy orol yaqinidagi suvlarda bir nechta ballistik raketalarni uchirdi.

Xitoy harbiylari Tayvan bo‘g‘ozidagi mashg‘ulotlar davomida bir nechta ballistik raketalarni uchirdi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi mahalliy mudofaa vazirligiga tayanib xabar bergan.

“Mahalliy vaqt bilan taxminan 13:56 (Toshkent vaqti bilan 10:56) da Xitoy Kommunistik partiyasi Tayvanning shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy qismidagi suvlarda bir nechta Dunfen seriyasidagi ballistik raketalarini uchirdi”, deb xabar berdi orol markaziy axborot agentligi.

Kecha, 3 avgust kuni Xitoy davlat gazetasi “Global Times” 4-7 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlarda Xitoy Qurolli kuchlari Tayvan bo‘g‘ozi orqali birinchi marta uzoq masofali jangovar artilleriyadan va DF-17 (Dunfen-17) gipertovushli raketasidan foydalanishi haqida xabar bergandi.

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Taybeyga tashrifiga javob bo‘lgan manevrlar bugun, 4 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da (Toshkent vaqti bilan 09:00) orol atrofidagi suv zonasidagi oltita hududda boshlandi. Ular 7 avgustgacha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!