Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Ukraina inqirozini oldini olish mumkin bo‘lgan fojia deb atadi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ninning aytishicha, Ukraina inqirozining mohiyati Yevropa xavfsizligini boshqarishdagi “katta qarama-qarshiliklar portlashida” yotadi.
Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Ukraina inqirozi mohiyatan fojia bo‘lib, uni oldini olish mumkin edi. Ukraina inqirozining mohiyati Yevropa xavfsizligini boshqarishdagi qarama-qarshiliklarning katta portlashidadir”, dedi u.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)