“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi shu yil oxirida boshlanishi mumkin

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi shu yil oxirida boshlanishi mumkin

Bu haqda Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi prezidenti Temir Sariyev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq vaqt davomida mamlakatlar bu borada yagona qarorga kela olmadi. Endi har uchala davlat rahbarlarining siyosiy irodasi bor.

💬“Joriy yilning o‘rtalarida birinchi texnik-iqtisodiy asoslar tayyor bo‘lishi, yil oxirida yoki keyingi yil boshida qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda. Agar yo‘l qurilsa, bu O‘zbekiston va Qirg‘izistonning iqtisodiy, savdo, logistika, transport imkoniyatlarini bir necha barobar oshirish imkonini beradi, shuningdek, mamlakatlarimizga tranzit tashish orqali daromad olish imkoniyatini beradi”, — dedi Sariyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!