“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha ishlar boshlanmoqda

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha ishlar boshlanmoqda

Magistral Xitoy temir yo‘llarini O‘zbekiston bilan bog‘lashi, keyin esa Afg‘oniston, Eron va Turkiyaga borishi kerak.

Xitoy loyiha institutining 80 nafar mutaxassisi Qirg‘izistonga yetib keldi va “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni boshladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston yozmoqda.

Bir kun avval Qirg‘iziston Respublikasi transport va kommunikasiyalar vaziri Erkinbek Osoyev Xitoy temir yo‘l qurilish korporasiyasining Birinchi loyiha-qidiruv instituti vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar temir yo‘l qurilishida ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

“Temir yo‘l qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuv allaqachon mavjud”, deyiladi vazirlik xabarida.

Xabarga ko‘ra, Qirg‘iziston rahbariyati loyihani tezroq amalga oshirish tarafdori va imkon qadar tezroq texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, temir yo‘l qurilishi bo‘yicha shartnoma sentyabr oyida SHHT sammitida imzolanishi rejalashtirilgan. Magistral Xitoy temir yo‘llarini O‘zbekiston bilan bog‘lashi, keyin esa Afg‘oniston, Eron va Turkiyaga borishi kerak. Loyihaning amalga oshirilishi Markaziy Osiyoni muhim tranzit yo‘liga aylantiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!