Ijtimoiy himoya yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

A A A
Ijtimoiy himoya yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

2020 yilning boshida O‘zbekiston hukumati va BMT agentliklari tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilishni mustahkamlash bo‘yicha BMT qo‘shma loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Asosiy maqsad — nogironligi bor katta yoshdagilar va bolalarni o‘z ichiga oladigan barcha O‘zbekiston fuqarolarini butun hayotlari davomida ijtimoiy himoyaning sifatli xizmatlaridan foydalana olish imkoniyati bilan ta’minlash.

Mazkur loyihadagi uchta eng ustuvor yo‘nalishlardan biri, bu ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat koordinasion mexanizmini yaratish hisoblanadi.

Ijtimoiy himoya tizimi turli vazirlik va idoralar orasida tarqoq holda ekanligini va ularning hech biri ushbu sohada koordinasiya, integrasiya va yagona davlat siyosatini amalga oshirishga javobgar emasligini ko‘rsatdi. Natijada, ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan strategiya va yagona qarash mavjud emas.

Har bir idora tarkibida vertikal tashkiliy tuzilma yo‘lga qo‘yilganligiga qaramay, turli davlat organlari o‘rtasida gorizontal kommunikasiya yo‘q, va bu ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlariga taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlarning amaliyligi, qamrab olinishi va sifatini sezilarli darajada pasaytirmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaning rasmiy qabul qilingan ta’rifi ham, hozirgi vaqtda mavjud turli dasturlarni boshqarish, koordinasiya qilish va ishlab chiqish uchun ixtisoslashtirilgan yagona organ ham yo‘q edi

Ijtimoiy himoya tizimining tarqoqligi oxir-oqibat bir xil vazifalarning turli idoralar tomonidan takrorlanishi, mablag‘larning samarasiz sarflanishi, ijtimoiy himoya va nafaqalar bilan qamrab olish darajasining pastligi, aholining zaif qatlamlari haqida yagona ma’lumotlar bazasi va statistik ma’lumotlarning yo‘qligiga olib keladi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Yurtimizda aholining imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoya muhtoj qatlamini to‘laqonli qamrab olish, ularga ko‘rsatilayotgan ko‘mak sifatini yangi bosqichga ko‘tarish masalasi islohotlar negizini tashkil etmoqda.

Yaqin yillargacha jamiyatimizda imkoniyati cheklangan kishilarga davlat idoralari, davlat xizmatchilarining munosabati ayanchli holatda edi, desak adolatdan bo‘ladi. Davlatimiz rahbarining g‘amxo‘rligi, ehtiyojmand oilalardagi muhitni, kayfiyatni yaxshi bilishi natijasida yuqorida keltirilgan ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ham butunlay yangi tizim yaratildi.

Xususan, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa belgilash asoslari aniq qilib qo‘yildi. “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi ishga tushirilib, kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish boshlandi. Ochiqlik, tenglik, adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish vazifasi belgilandi.

Alohida ta’kidlash kerakki, bu raqamlar nafaqaga muhtoj oilalar soni ortganini emas, balki ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy himoya yetib borayotganini anglatadi. “Imkoniyati cheklangan kishilar” degan tushuncha davlat va jamiyatning nogironlarga bo‘lgan tor, bir yoqlama munosabatini ifodalab kelgan bo‘lsa, yangi islohotlar davrida, avvalo, qonunchilik o‘zgarib, “nogironligi bo‘lgan shaxslar” degan tushuncha yuzaga keldi.

Shu asosda davlat va jamiyat nogironlarga imkoniyati cheklanganlar, deb emas, balki shaxs sifatida munosabatda bo‘lishga o‘tdi. Bu munosabat uning huquqlari tan olingani va ro‘yobga chiqishi uchun imkoniyat yaratilayotganini anglatadi.

Mana shu uchta misol mamlakatimizda ijtimoiy himoya masalasiga munosabat, e’tibor va mas’uliyat tubdan o‘zgargani, muammolarni yashirish emas, balki hal qilish uchun ham huquqiy, ham amaliy jihatdan izchil choralar ko‘rilayotganining isbotidir.

Ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirildi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasi yangi bosqichga olib chiqilib, yagona markazlashgan tizim sifatida shakllantirildi.

Respublikaning 208 ta tuman (shahar)larida “Inson” markazlari va har bir mahallada ijtimoiy xodimlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mahalla darajasida 12 toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimi yaratildi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘maklashish, jamiyatga integrasiya qilish, sifatli protez-ortopediya va reabilitasiya vositalari bilan ta’minlash tizimi takomillashtirildi.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari turlarini 18 tadan 30 taga, qoplab beriladigan mablag‘lar miqdori o‘rtacha 10 baravargacha oshirildi.

Eng muhimi – insonlarga zarur vositalarni elektron tarzda o‘zlari tanlab olish imkoniyati yaratildi.

Bunda muhtoj shaxslarga vaucherdan (davlat tomonidan qoplabberiladigan mablag‘dan) foydalangan holda elektron tijorat("POM Market" platformasi va “Uzum market”) orqali tegishli protez moslamasi yoki reabilitasiya vositasini o‘ztanloviga ko‘ra bevosita o‘zi, qonuniy vakili yoki ijtimoiyxodimlar ko‘magida xarid qilish imkoni yaratildi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘maklashish, jamiyatgaintegrasiya qilish, sifatli protez-ortopediya vareabilitasiya vositalari bilan ta’minlash tizimitakomillashtirildi.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishningtexnik vositalari turlarini 18 tadan 30 taga, qoplabberiladigan mablag‘lar miqdori o‘rtacha 10 baravargachaoshirildi.

Eng muhimi – insonlarga zarur vositalarni elektron tarzda o‘zlari tanlab olish imkoniyati yaratildi.

Bunda muhtoj shaxslarga vaucherdan (davlat tomonidan qoplabberiladigan mablag‘dan) foydalangan holda elektron tijorat("POM Market" platformasi va “Uzum market”) orqalitegishli protez moslamasi yoki reabilitasiya vositasini o‘ztanloviga ko‘ra bevosita o‘zi, qonuniy vakili yoki ijtimoiyxodimlar ko‘magida xarid qilish imkoni yaratildi.

Respublika bo‘yicha 66 ta ixtisoslashtirilgan maktabgacha vamaktab ta’lim tashkilotlarida nogironlikning og‘irturlariga ega bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” guruhlaritashkil etildi. Mazkur guruhlarga 500 dan ortiq og‘ir turdaginogironligi bo‘lgan bolalar yo‘naltirilgan.

Respublika bo‘yicha 66 ta ixtisoslashtirilgan maktabgacha vamaktab ta’lim tashkilotlarida nogironlikning og‘irturlariga ega bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” guruhlaritashkil etildi. Mazkur guruhlarga 500 dan ortiq og‘ir turdaginogironligi bo‘lgan bolalar yo‘naltirilgan.

2021 yildan hozirga qadar 2481 ta yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tomonidan uy-joylar bilan ta’minlandi (418 mlrd 988 mln so‘m mablag‘larsarf etilgan). Joriy yilda shu maqsadda davlat byudjetidan140 mlrd so‘m, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasidan esa 42 mlrd so‘m, jami 182 mlrd so‘m mablag‘lar ajratildi, o‘tgan

Joriy yilda 775 nafar bolalar uy-joy bilan ta’minlandi va yilning so‘nggiga qadar yana 15 nafar bolalarning turarjoylar bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti tubdan o‘zgartirildi. Tazyiqqa uchraganlarga uch bosqichli “mahalla-tuman-viloyat” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizim joriy qilindi. Endilikda, tazyiq holati doimiy o‘rganilib,kuzatib boriladi, himoya orderi talab qilmasdan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi, ariza talab etmagan holda boshpana va chuqur reabilitasiya qilish uchun psixologik va huquqiyxizmatlar ko‘rsatiladi.

2024 yil 1 maydan boshlab reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlarga to‘lash bo‘yicha kompensasiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 648 ming so‘mlik moddiy yordam joriy etildi.

2024 yil 1 maydan boshlab reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlarga to‘lash bo‘yicha kompensasiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 648 ming so‘mlik moddiy yordam joriy etildi.

Ijtimoiy himoya jamiyatda boqimandalikni oshiradi, degan noto‘g‘ri qarashlar ham bor. Lekin rivojlangan davlatlar tajribasi buning aksini isbotlagan. Ya’ni ijtimoiy himoya manzilli, maqsadli bo‘lsa, jamiyatda faollik, ishonch, barqarorlik kuchayadi. Davlatimiz rahbari tasdiqlagan strategiyada qo‘yilgan maqsadlar aynan ijtimoiy himoyaning manzilliligiga qaratilgan.

Katta va asosiy maqsad — boqimandalikni kamaytirib, faollikni oshirish.

Har bir oila va inson taqdiriga alohida, professional yondashish lozim. Ijtimoiy xizmat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, ehtiyojmand fuqarolar jamiyatda o‘z o‘rnini topadi, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Asosiy maqsad esa eng past darajadagi zaif guruhlar ehtiyojlarini aniqlash orqali ijtimoiy nafaqa va xizmatlarning yagona kompleks tizimini yaratish. Busiz ijtimoiy yordamni taqsimlashda, uni oluvchi shaxslar qamrovini kengaytirishda va ularni kambag‘allikdan olib chiqishda samaradorlikka erishib bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Унинг сўзларига кўра, Украина махсус хизматлари пойтахт ва мамлакатнинг бошқа шаҳарларидаги бўлажак ҳужумлар нишонлари батафсил кўрсатилган Россия ҳужжатларига эга.

“Uyma-uy ovqat qidiryapmiz”: bosib olingan Oleshkida gumanitar inqiroz kuchaymoqda

Херсон вилоятининг Россия назоратидаги Олешки шаҳри аҳолиси озиқ-овқат, дори-дармон ва коммунал хизматлар танқислиги сабаб оғир шароитда яшамоқда.

Durov Dubaydagi Eron hujumlarini “mushakbozlik” deb atadi

Павел Дуров Дубайга қилинган Эрон ҳужумлари вақтида БАА ҳаво мудофаа тизими “аъло даражада ишлаганини” айтди.

Insoniyat yirik iqlim falokati xavfi ostida

The Washington Post'нинг эслатишича, бундан қарийб 150 йил муқаддам иқлим ўзгаришлари ҳосилни йўқ қилган.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.