Xitoy hukumati Jek Maga qarshi "urush" e’lon qildi

Xitoy hukumati Jek Maga qarshi "urush" e’lon qildi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin mamlakatning asosiy boy odami, Alibaba asoschisi Jek Maga qarshi urush e’lon qildi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga asoslanib yozmoqda.

Unga ko‘ra, Si Szinpin Jek Maning bayonotlari tufayli shaxsan Xitoy fond bozoriga kirgan Ant Group (Alibaba sho‘ba korxonasi) moliyaviy va texnologik kompaniyasining aksiyalarini joylashtirishni to‘xtatib turish to‘g‘risida buyruq bergan.

Manbaning yozishicha, bunga milliarderning 24 oktyabr kuni Shanxaydagi nutqida, XXR raisining so‘zlaridan iqtibos keltirib, mamlakatning yuqori texnologiyalar sanoatini boshqarishdagi siyosatini tanqid qilgani sabab bo‘lgan. Si Szinpin bu bayonotni "Ma o‘zining shaxsiy obro‘sini mustahkamlashga va Xitoy hukumatining harakatlariga shubha qilishga urinyapti" deya izohladi.

Shuningdek, Si Szinpinni Maning dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatiga kirgani qiziqtirmaydi. Avvalo, unga insonning boyib ketgandan keyin nima qilishi va davlat manfaatlari bilan hisoblashishi muhim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!