Xitoy dunyodagi birinchi 6G sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchirdi

Xitoy dunyodagi birinchi 6G sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchirdi

Xitoy oltinchi avlod tarmoq texnologiyasining qanchalik yaxshi ishlashini namoyish etish uchun dunyodagi birinchi 6G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazadigan sun’iy yo‘ldoshni kosmosga uchirdi.

Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, sun’iy yo‘ldosh Shansi provinsiyasidagi Tayyuan kosmodromidan raketani uchirgandan so‘ng, boshqa 12 ta qurilmalar bilan birga orbitaga muvaffaqiyatli kirgan.

Ma’lum qilinishicha, 6G eksperimental apparati “Chengdu Guoxing Aerospace Science and Technology” tomonidan Xitoyning elektron fanlar va texnologiyalari universiteti hamda “Beijing MinoSpace Technology” bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

Texnologiya 5G tezligidan ham baland ma’lumotlar uzatish tezligiga erishish uchun yuqori chastotali to‘lqinlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!