Xitoy cho‘chqa grippiga qarshi kurash boshladi

Xitoy cho‘chqa grippiga qarshi kurash boshladi

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Chjao Lijianning aytishicha, Pekin yangi xavfli virus tarqalishining oldini olish uchun hamma narsani qiladi.

Shu sababli u xitoylik olimlar tomonidan aniqlangan "cho‘chqa grippi"ning yangi shtammi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Tashqi ishlar vaziri Xitoyda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat takrorlanishining oldini olish uchun har qanday virusli tahdidlarni va ularning odamlarga xavfliligini diqqat bilan kuzatib borishlarini ta’kidladi.

"Biz har qanday virus tarqalishi va kasallik avj olishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz", — dedi vazir.

Oldinroq Xitoyda cho‘chqa grippi shtammi aniqlangani haqida xabar bergandik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!