Xitoy 3 yilda Markaziy Osiyo davlatlariga 500 million dollar bermoqchi

Xitoy 3 yilda Markaziy Osiyo davlatlariga 500 million dollar bermoqchi

Xitoy yaqin uch yil ichida Markaziy Osiyo davlatlariga 500 million dollar miqdorida beg‘araz yordam hamda turli soha xodimlari malaka oshirishi uchun 5 ming kishilik kvota ajratadi. Bu haqda XXR raisi Si Jinping «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammitidagi nutqida aytib o‘tgan.

«Yaqin 3 yilda Markaziy Osiyo davlatlariga ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 500 million AQSh dollari miqdorida beg‘araz yordam hamda sog‘liqni saqlash, qashshoqlikni qisqartirish va qishloq joylarda aholi farovonligini oshirish, axborot texnologiyalarni rivojlantirish uchun 5 ming kishilik kvotalar ajratilishini e’lon qilaman», degan Xitoy raisi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping tashabbusi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!