Xavi: «Messini yaxshi ko‘ramiz, ammo...»

Xavi: «Messini yaxshi ko‘ramiz, ammo...»

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Lionel Messining Kataloniya klubiga qaytish imkoniyatlari haqida gapirdi.

La Liga 37-turi doirasidagi «Malyorka»ga qarshi o‘yindan (3:0) keyin Kataloniya klubi jamoani tark etishi e’lon qilingan Serxio Buskets va Jordi Alba sharafiga xayrlashuv marosimini o‘tkazdi.

«Messi ham xuddi mana shunday xayrlashuv o‘tkazishga munosib. Barchamiz kutyapmiz. Messini hammamiz yaxshi ko‘ramiz, ammo bu uning klubga qaytishini bildirmaydi.

Leo «Barsa» va futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi. Ammo uning qaytishi qanday qarorga kelishi va ko‘proq nimani xohlashiga bog‘liq», - deydi Xavi.

Avvalroq, 35 yoshli argentinalik hujumchiga Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi yillik 500 million yevro maosh taklif qilayotgani haqida xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!