Xavi: "Barchasi 99 foiz Messiga bog‘liq"

Xavi: "Barchasi 99 foiz Messiga bog‘liq"

"Barselona" yozgi transfer oynasida Lionel Messining qaytishiga umid qilmoqda. Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xavi bu mavzudagi savollarga javob berishdan charchamayapti. Yosh mutaxassis avvalroq “Sport” nashriga bergan intervyusida Messining qaytish sharti haqida gapirgan bo‘lsa, seshanba kuni esa TV3 telekanaliga bergan intervyusida ham bu mavzusidagi savolga javob berdi.

“Hammasi Messiga bog‘liq. Agar u "Barselona"ga o‘tishni istasa, biz uni shu yerda bo‘lishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Bu 99 foiz Leoga bog‘liq", - deydi Xavi.

Xabaringiz bor, 35 yoshli Lionel Messining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. So‘nggi kunlarda argentinalik futbolchini "Al-Hilol" transfer qilishi haqidagi mish-mishlar faol tarqalmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!