Xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari tantanali kutib olindi

Xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari tantanali kutib olindi

Avval xabar berganimizdek, 12-15 may kunlari Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan XVIII xalqaro futbol turnirida Mehribonlik uylarining 11-12 yoshli tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etib, musobaqaning mutlaq g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi.

Bugun Xalqaro aeroportda g‘oliblar tantanali kutib olindi. Shundan so‘ng Xalq ta’limi vazirligida vazir va g‘olib o‘quvchilarning uchrashuvi o‘tkazilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!