Xalq ta’limi vaziri Toshkent viloyatidagi maktablardan birida yuzaga kelgan muammoni joyiga chiqib o‘rgandi

Xalq ta’limi vaziri Toshkent viloyatidagi maktablardan birida yuzaga kelgan muammoni joyiga chiqib o‘rgandi

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 16-umumta’lim maktabi faoliyati bo‘yicha kelib tushgan shikoyat yuzasidan ushbu ta’lim muassasasiga bordi.

Vazirlik mutasaddilari tomonidan muammo atroflicha o‘rganilib, tuman xalq ta’limi mudiriga 1 oy davomida ushbu maktabdagi ta’lim sifati va o‘qituvchilar jamoasidagi ijtimoiy muhitni kuzatgan holda, manzilli ishlash, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan fikrlash, Vatanparvarlik, kasbga sadoqat yo‘nalishlarida Tashxis markazi bilan hamkorlikda Psixologik treninglar tashkil etish topshirildi.

Bundan tashqari viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga maktabdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun yetuk va malakali bo‘lgan munosib nomzodlarni topish vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!