Xakerlar Hindistonning eng yirik kripto birjasidan 235 million dollar o‘g‘irlashdi

Xakerlar Hindistonning eng yirik kripto birjasidan 235 million dollar o‘g‘irlashdi

Hindistonning eng yirik kriptobirjasi WazirX keng ko‘lamli kiberhujumga uchradi, buning natijasida xakerlar 235 million dollarga yaqin mablag‘ni o‘g‘irlab ketishdi .

Mutaxassislarning fikricha, hujumchilar USDT va GALA stablecoinlarida, shuningdek, SHIB va PEPE memkoinlarida pul olib chiqishgan. Elliptic risklarni boshqarish platformasi vakillari xakerlar Shimoliy Koreyaga aloqador bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.

WazirX aniqlik kiritishicha, muammo platformada ishlatiladigan Liminal kripto hamyoniga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq, Liminal ularning ekotizimidan tashqarida yaratilgan hamyon buzilganligini da’vo qilmoqda. Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, platforma xakerlik hujumiga uchramagan va uning infratuzilmasi, hamyonlari va aktivlari xavfsizligicha qolmoqda.

Bu holat 2024 yilda kriptovalyuta birjalariga qilingan eng yirik kiberhujumlardan biriga aylanishi mumkin. May oyida bir guruh xakerlar Yaponiyaning DMM Bitcoinbirjasidan 305 million dollarlik 4502,9 bitkoinni o‘g‘irlab ketishdi. Shu sababli birja zarar ko‘rgan foydalanuvchilarning yo‘qotishlarini qoplash uchun o‘z hamkorlaridan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!