Xaj-2022: O‘zbekistonlik ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga yo‘l oldi

Xaj-2022: O‘zbekistonlik ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga yo‘l oldi

17 iyundan 18 iyunga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 01:10 da Uzbekistan Airways’ning bortida 245 nafar ziyoratchi bo‘lgan, birinchi reysi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) jo‘nab ketdi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, shu kuni Toshkentdan 02:50, 04:10 va 16:10 da xuddi shuncha yo‘lovchisi bo‘lgan yana uchta reys uchadi. 18 iyundan 30 iyungacha Madina shahriga O‘zbekiston yetti hududidan samolyotlar uchishi rejalashtirilgan.

Bu yil eng ko‘p ziyoratchilar Namangan shahriga to‘g‘ri kelmoqda – jami 16 ta reysda 3916 yo‘lovchi hajni ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi. Poytaxtdan hajga otlanganlar soni biroz kamroq – Saudiya Arabistoniga 15 reysda 3587 nafar yo‘lovchi ketishi kutilmoqda. Bortida 1209 yo‘lovchi bo‘lgan 5 ta samolyot Qarshidan, Samarqanddan uchta reys va 735 yo‘lovchi, Buxorodan 3 ta reys va 717 ta yo‘lovchi, Urganchdan ikkita samolyotda 490 ta yo‘lovchi, Nukusdan bitta reys va 246 ta ziyoratchi Haj safariga borishi kutilmoqda.

Ziyoratchilar aeroportga maxsus avtobuslarda yetib keladi hamda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng kutish zonasiga joylashtiriladi. Shu bilan birga, mazkur reyslar davomida poytaxt aeroporti estakadasida harakat vaqtincha cheklanadi va terminalga kirish faqat yo‘lovchilar uchun bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ziyoratchilar yaqinlariga, terminal va vokzal atrofida tirbandlik oldini olish maqsadida, o‘z yaqinlarini aeroportda emas, balki ziyoratchilar safar oldidan yig‘ilish joylari – masjidlarda kuzatishni tavsiya qilgan.

O‘z navbatida, Hajga boradiganlar uchun respublika aeroportlarida qo‘shimcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan. Toshkent aeroportida mazkur reyslar yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish uchun «B» zonasida ikkita kutish zallari ta’mirlandi va ishga tushirildi, bu yerda yetarli miqdorda o‘rindiqlar o‘rnatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!