Xabib Nurmagomedov O‘zbekistonda MMA maktabi ochadi va UFC chempionati o‘tkazishini e’lon qildi

Xabib Nurmagomedov O‘zbekistonda MMA maktabi ochadi va UFC chempionati o‘tkazishini e’lon qildi

O‘zbekistonda 2020-2021 yillarda ilk bor Global jangchilar chempionati o‘tkaziladi. Bu haqida UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov  Sankt-peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Synergy Global Forumda aytib o‘tdi.

“Biz O‘zbekistonda ilk bor GFC 20 musobaqasini o‘tkazamiz. Rejaga ko‘ra unda 7 nafar o‘zbekistonlik va 6 navar rossiyalik jangchilar ishtirok etadi. Jang "Xumo arenada" bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston hukumati ko‘magida”, - dedi Nurmagomedov.

Undan tashqari Habib O‘zbekistonda Aralash yakkakurash san’atini (MMA)rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishini va Respublika hududid o‘z  sport akademiyasi ochishni rejalashtirayotganini xabar qildi.

“O‘zbekistonda mening ko‘p do‘stlarim, muxlislarim bor. Dunyoning qayerda bo‘lgan bo‘lsam o‘zbeklar oldimga kelib menga omad tilashadi”,  - dedi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov MMAning yengil vaznida yengilmagan chempion. U 28ta jang o‘tkazib 28ta g‘alaba qozongan. Nurmagomedov aytishiga qaraganda, u o‘z sport karyerasini 30ta jeng bilan yakunlash niyatida.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!