Xabi Alonso "Real" murabbiyiga aylanishi mumkin

Xabi Alonso "Real" murabbiyiga aylanishi mumkin

"Real"dagilar sobiq futbolchi Xabi Alonsoning murabbiylik faoliyatini kuzatib bormoqda.

Alonso klubni, uning tuzilishi, falsafasi va talablarini yaxshi biladi. Madrid klubi uning qaytishini vaqt masalasi deb hisoblamoqda. Agar "qaymoqranglilar"ning amaldagi murabbiyi, shartnomasi 2024 yilda yakuniga yetadigan Karlo Anchelotti jamoani tark etsa, Alonso uning o‘rniga nomzodlardan biri bo‘ladi.

Qayd etilishicha, madridliklar bosh murabbiyligiga Zinedin Zidan, Raul va Maurisio Pochettino ham nomzod sanaladi.

Hozirda Xabi Alonso o‘tgan yilning oktyabr oyida jamoani qabul qilib olgan "Bayer"ni boshqarmoqda. Jamoa Bundesligada 16 o‘yindan so‘ng 21 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!