“Wizz Air” Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda

2023 yil 26 martdan Vengriyaning “Wizz Air” loukoster aviakompaniyasi Abu-Dabi — Samarqand — Abu Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini oshiradi.
Parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Ilgari aviatashuvchi ushbu yo‘nalishda haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirgan.
Shuningdek, 2023 yil 18 apreldan boshlab “Wizz Air” Toshkentga parvozlar chastotasini oshirishni rejalashtirilmoqda: reyslar har kuni amalga oshiriladi. Ayni paytda aviakompaniya O‘zbekiston poytaxtiga haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlarni amalga oshirmoqda.
“Wizz Air” 2003-yilda tashkil etilgan Vengriyaning loukoster aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Budapeshtda joylashgan. 2022 yil iyul holatiga ko‘ra “Wizz Air” aviaparki o‘rtacha yoshi 5,3 yil bo‘lgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat.