Volkswagen tez orada Kaluga shahridagi zavodini sotadi

Volkswagen tez orada Kaluga shahridagi zavodini sotadi

"Sotish jarayoni hali tugallanmagan. Biroq, biz jarayonni tezroq yakunlash uchun harakat qilayotganimiz sir emas", — deya ma’lum qildi konsern boshqaruvi a’zosi Tomas Shefer.

Sheferning qo‘shimcha qilishicha, 2022 yilda Ukrainadagi urush tufayli Volkswagen 2 milliard yevro zarar ko‘rgan.

Ma’lumot o‘rnida, Ukrainadagi urush tufayli Germaniya konserni taxminan bir yil oldin Rossiya Federasiyasidagi faoliyatini hamda Kaluga va Nijniy Novgoroddagi zavodlarida ishlab chiqarishni to‘xtatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!