Volgogradda 11 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti zaharlandi

Volgogradda 11 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti zaharlandi

Rossiya Federasiyasining Volgograd viloyatida o‘zbekistonlik 11 nafar mehnat migrantining zaharlangani haqida ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlar yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi quyidagilarni ma’lum qildi.

Dastlabki o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 28 iyul kuni Volgograd viloyati Bikovskiy tumanidagi "Pobeda" fermer xo‘jaligida qonuniy ishlab kelayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i yomonlashgach, tez yodam chaqirilib, shifoxonaga olib borilgan.

Ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilib, ular shifoxonaga yotqizilgan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Volgograd viloyatidagi vakiliga shifokorlarning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda fuqarolar o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda va sog‘lig‘i tiklangach, shifoxonadan javob beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!