“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSh qo‘shinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi

“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSh qo‘shinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi

Polshada koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgan Defender Europe 20 harbiy mashqlariga start berildi. RIA Novosti xabariga asosan.

So‘nggi 25 yil ichida AQSh qo‘shinlari ishtirokida eng katta mashg‘ulot bo‘lishi kerak edi. Avvaliga Okean ortidan 20 ming askar kelishi, shuningdek, Yevropada joylashgan 9 ming amerikalik harbiy xizmatchi ularga qo‘shilishi rejalashtirilgandi.

Mart oyida AQShning Yevropadagi qo‘mondonligi (EUCOM) Pentagon tomonidan COVID-19 pandemiyasi tufayli Dynamic Front, Joint Warfighting Assessment, Saber Strike va Swift Response mashg‘ulotlari bekor qilinganini ma’lum qilgandi.

Bungacha qo‘mondonlik AQSh mashqda ishtirok etadigan harbiylar sonini kamaytirishini ma’lum qilgandi. Rejaga ko‘ra, Defender Europe final qismi 20 aprel – 20 may oralig‘ida Germaniya, Polsha va Boltiq bo‘yi – 18 ta davlatdan 37 ming qo‘shin ishtirokida o‘tishi kerak edi.  

“Albatta, epidemiya rejalarimizni o‘zgartirdi, ammo asosiysi, biz tezda mavjud sharoitlarga moslashdik. Polsha armiyasi bir daqiqaga ham jangovar tayyorgarligini yo‘qotmadi”, - dedi Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak mashqlar ochilish marosimida.

Mudofaa vaziri “butun dunyo kurashayotgan muammolarga qaramay bu yerga kelib, biz bilan mashq qilayotgani uchun” AQSh qo‘mondonligiga minnatdorlik bildirdi.

Drav poligonida Defender Europe 20 mashqida 6 ming (2 ming Polsha), 100 ta tank va 230 harbiy texnika, artilleriya va raketa komplekslari, aviasiya – umumiy hisobda 2000 dona texnika ishtirok etadi.

AQSh tomonidan 1-chi diviziya, 2-chi jangovar guruh va 3-chi jangovar aviasiyadan -  4 mingga yaqin askar ishtirok etadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!