Video! Kecha Messi va Feliks janjallashdi

Video! Kecha Messi va Feliks janjallashdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida «Atletiko» klubi «Barselona»ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:2).

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yin birinchi bo‘limidan keyin kichik janjal yuzaga keldi.

Barchasi vaziyatlarning birida «Barselona» himoyachisi Xordi Alba «Atletiko» hujumchisi Joau Feliksning yuziga teginishi bilan boshlandi.

Ushbu holatdan keyin uchrashuv hakami Xose Luis Gonsales Gonsales birinchi bo‘lim yakunlanganini ma’lum qildi. So‘ngra «Barselona» yetakchisi Lionel Messi portugaliyalik futbolchining oldiga bordi va ular o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi.

Bu orada Feliksning yoniga katalonlar hujumchisi Luis Suares kelgan va raqibiga bir nimalarni tushuntirmoqchi bo‘lgan. «Atletiko» himoyachisi Stefan Savich esa urugvaylik futbolchini vaziyatga aralashmaslikka chaqirgan va ular o‘rtasida janjal chiqqan. Yakunda hakam Suares va Savichni sariq kartochka bilan jazoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!