Video: “Florens” AQSh janubiga yopirildi. Qurbonlar bor

Video: “Florens” AQSh janubiga yopirildi. Qurbonlar bor

Avvalroq, AQSh sohillariga “Florens” dovuli yaqinlashayotgani haqida xabar bergan edik. U bilan kelayotgan shamol tezligi Saffir Simpson shkalasida o‘lchaganda soatiga 200 kilometrdan ortiq bo‘lgan.



Kecha, 14 sentyabr kuni “Florens” AQSh sohillariga yetib bordi. Tabiiy ofat Shimoliy Karolina shtatiga yopirildi. Dovul sabab hozirgacha besh kishi halok bo‘lgan.

Shamol tezligi soatiga 200 kilometrdan 130 kilometrgacha tushdi. Meteorologlar “Florens”ning darajasi pasayganini aytgan bo‘lsalar ham u ham hayot uchun xavfli bo‘lib qolyapti.

Dovul kuchli jala va suv toshqiniga sabab bo‘lishi aytilgan. Hozirda sohilbo‘yi shaharlari suv ostida qola boshlagan. Ta’kidlanishicha, elektr energiyasi uzilib qolishi bo‘yicha minglab xabarlar kelib turibdi.

Taxminlarga ko‘ra, tabiiy ofatdan 10 million odam zarar ko‘rishi mumkin.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!