Video: Farg‘onadagi gaz quyish shoxobchasida 2 kilometrlik navbat, haydovchilar 3 soat kutishiga to‘g‘ri kelgan

Video: Farg‘onadagi gaz quyish shoxobchasida 2 kilometrlik navbat, haydovchilar 3 soat kutishiga to‘g‘ri kelgan

Haydovchilardan biri yuborgan videoga ko‘ra, navbat uzunligi 2 kilometrga yetgan.

Qayd etilishicha, haydovchilar gaz quyish uchun uch soat navbatda turgan. Viloyatdagi boshqa gaz quyish shoxobchalarida ham shunday navbatlar yuzaga kelgani aytilmoqda.

Avvalroq gaz (va elektr) ta’minotidagi uzilishlar sabab Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanida va Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida odamlar yo‘llarga chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Nukus tumanidagi noroziliklar «Qirantau» ovul fuqarolar yig‘iniga kiruvchi Sho‘rtanbay ovuliga tabiiy gaz yetib bormayotgani oqibatida kelib chiqqan — aynan shu to‘polonlardan so‘ng rahbariyat qishloqqa gaz tortish, hech bo‘lmasa hududdagi maktab, bog‘cha va shifoxonalarni gazga ulash haqida o‘ylay boshlagan. Baxtda esa kechadan beri gaz-zapravka ochilishini kutib turgan haydovchilar o‘zini «O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz» xodimi deb, zapravkaning gaz hisoblash moslamasini olib, zapravkani «o‘chirib ketgach», «Toshkent—Guliston» yo‘lini to‘sib qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!