“VAZ–2101” va "Malibu" to‘qnashdi. YTHda haydovchilardan biri vafot etdi

“VAZ–2101” va "Malibu" to‘qnashdi. YTHda haydovchilardan biri vafot etdi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-taransport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIB YHXB xabar qildi.

Qayd etilishicha, avtohalokat joriy yilning 15 noyabr kuni soat 09:30 larda Kosonsoy–To‘raqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 22-kilometrida yuz bergan. Unda 1960 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “VAZ–2101” rusumli avtomashina 2-darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib kelib, chap tomondan kelayotgan “Malibu” rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormasdan, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

To‘qnashuv oqibatida “VAZ–2101” haydovchisi bosh miya chayqalishi qo‘shma shikasti bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!