Vashington Rossiya va AQSh o‘rtasidagi keskinlashuvni istamaydi

Vashington Rossiya va AQSh o‘rtasidagi keskinlashuvni istamaydi

Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi CNN telekanaliga bergan intervyusida Vashington Ukrainadagi keskinlashuv Rossiya va AQSh o‘rtasidagi mojaroga aylanib ketishini istamasligini aytdi.

"Biz eng kam istaydigan narsa - Ukrainadagi mojaroning AQSh va Rossiya o‘rtasidagi biror narsaga aylanib qolish darajasiga ko‘tarilishi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

14 mart kuni AQSh Yevropa qo‘mondonligi Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengiz uzra Amerikaning MQ-9 uchuvchisiz uchog‘i parvonasiga urilgani, shundan so‘ng dron suvga qulagani haqida ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!