Vashington Eron va Shimoliy Koreyaning Rossiya texnologiyasini sotib olishidan xavotirda

Vashington Eron va Shimoliy Koreyaning Rossiya texnologiyasini sotib olishidan xavotirda

AQSh ma’muriyati Eron va Shimoliy Koreya rasmiylari Rossiya texnologiyasini sotib olishlarini istamaydi va ular boshqa davlatlar bilan birgalikda buning oldini olishga harakat qilmoqdalar.

Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq yordamchisi o‘rinbosari Ben Rods va Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining sobiq vakili Tommi Vitorga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Davlat departamenti rahbari Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi aloqalarga izoh berdi: “Biz Shimoliy Koreya va Eron Rossiyadan oladigan texnologiyadan foyda olishini istamaymiz.

Biz boshqa texnologiyalar va qurollarni yetkazilishiga urinishlarning oldini olish uchun mustaqil choralar ko‘ramiz. Albatta, Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi hozirgi rivojlanayotgan munosabatlar BMT Xavfsizlik Kengashining ko‘plab rezolyusiyalarini buzmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!