O‘zTMK ilmiy-innovasion tadqiqotlar sohasida yangi sahifa ochmoqda

A A A
O‘zTMK  ilmiy-innovasion tadqiqotlar sohasida yangi sahifa ochmoqda

O‘zbekistonning tog‘-kon va metallurgiya sanoatida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda yangi davr boshlanmoqda. Xususan, 2024-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston texnologik metallar kombinati dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri AQShning Kolorado konlar maktabi bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Ikki tashkilot vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlik uchrashuvida sohada innovasion loyihalar va ta’lim dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.

Ikki tomonlama ta’lim tizimining afzalliklari

Kolorado konlar maktabi bilan hamkorlikni amalga oshirish orqali qo‘shma o‘quv rejalar ishlab chiqilib, mutaxassislarni tayyorlash uchun moslashtirilgan dasturlarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlari yaratilib, yiliga 10 dan ortiq talaba va mutaxassislar Kolorado konlar maktabida amaliyot o‘tab, ilg‘or tajribalarni o‘rganish imkoniga ega bo‘lishadi. Ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik sababli, yosh mutaxassislarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, texnologik innovasiyalarga yo‘naltirilgan laboratoriyalarni tashkil etish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, mamlakatimizning iqtidorli talabalari uchun Kolorado konlar maktabida o‘qishga mo‘ljallangan maxsus stipendiya dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun xalqaro grantlar ajratish muhim vazifalar sifatida qaralmoqda.

Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etiladi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati Kolorado konlar maktabi bilan hamkorlikda Texnologik metallar oliy maktabini ham tashkil etishni rejalashtirgan bo‘lib, unda ta’lim va tadqiqot jarayonlari xalqaro standartlar asosida, zamonaviy talablarga mos ravishda yo‘lga qo‘yiladi. Bu ta’lim muassasasi innovasion yondashuvlar va ilg‘or texnologiyalar orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilgan. Yillik bitiruvchilar soni 50-70 nafarni tashkil etib, ular nafaqat milliy, balki xalqaro bozorda ham talabgir bo‘lgan, yuqori saviyadagi kadrlar sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Texnologik metallar oliy maktabi doirasida soha mutaxassislari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Ushbu kurslar orqali esa kadrlar sohaning eng yangi tendensiyalari va ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishib, o‘z professional darajalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlari mutaxassislarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliyotda qo‘llash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni ham taqdim etadi. Bu esa ularning kasbiy malakasini yuqori bosqichga ko‘tarib, dunyo miqyosida raqobatbardosh kadrlar sifatida yetishib chiqishlariga yordam beradi. Shu tariqa, ushbu maktab metallurgiya sohasidagi barqaror rivojlanish va professional kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.

Kolorado Konlar Maktabi vakili Kadri Degdilen:

  • Tabiiy resurslarga, ayniqsa, zamonaviy hayot darajasini ta’minlash va innovasion texnologiyalarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan texnologik metallarga bo‘lgan talab yildanyilga ortib bormoqda. O‘zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, jumladan, texnologik metallarning boy zaxiralari jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin tutib, mamlakatni bu sohada yetakchi ishtirokchilardan biriga aylantirishi mumkin. Bu jarayonda “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” ning roli alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, u zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan strategik maqsadlarni oldiga qo‘ygan shijoatli kompaniya. Albatta, kombinat yetakchi xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan faol hamkorlik qilishga intilmoqda, bu esa texnologik rivojlanish va bilim almashinuvi uchun mustahkam zamin yaratadi. Men ushbu tashabbuslarni chin dildan qo‘llab-quvvatlash va ularning yuksak intilishlariga hissa qo‘shish maqsadida bu yerga keldim. Kombinatning sa’y-harakatlari va innovasion yondashuvlari, shubhasiz, e’tirofga loyiq bo‘lib, kelgusida bu hamkorlikning ijobiy natijalari butun dunyo miqyosida o‘z aksini topadi. Bu nafaqat O‘zbekiston iqtisodiyoti, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

O‘zTMK tashabbusi bilan Kolorado konlar maktabi vakili mamlakatimizning bir qator yetakchi universitetlari, xususan, Toshkentdagi Markaziy Osiyo universiteti hamda Toshkent davlat texnika universitetida ham bo‘lib, professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy uchrashuvlarda ishtirok etdi. Ushbu tadbirlar davomida universitetlarning ilmiy xodimlari xalqaro tajriba va innovasion yondashuvlar bilan tanishish, sohaga doir ilg‘or metodikalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Aytish joizki, O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Kolorado konlar maktabi o‘rtasidagi hamkorlik mamlakatimizning ilmiy-innovasion tadqiqotlar sohasidagi yetakchi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eronning «ishtihasi» ortib bormoqda

Эрон ўзининг тинчлик келишуви лойиҳасини эълон қилди.

Harbiy jinoyat: 250 nafar odam qirib tashlandi

АҚШ ва Эрон ўртасида 45 кунлик ўт очишни тўхтатиш бўйича келишувга эришилганидан кўп ўтмай, Ливан ҳудудидаги вазият яна кескинлашди.

Binyamin Netanyaxu ustidan sud qayta boshlanadi

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхуга қарши суд жараёни, Эронга қарши ҳужумлар фонида тўхтатилган эди, вақтинчалик сулҳ жорий этилгандан сўнг қайта бошланади

Eron TIV: Ho‘rmuz bo‘g‘ozi barcha uchun ochiq

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги Ҳўрмуз бўғози барча давлатлар, жумладан АҚШ кемалари учун ҳам очиқ эканини маълум қилди.

«Minglab jasadlar»: Eronda urush qurbonlari soni e’lon qilindi

Эрон суд-тиббий экспертизаси ташкилоти раҳбари Аббос Масжиди Аранининг сўзларига кўра, мамлакат АҚШ-Исроил ҳарбий ҳужуми бошланганидан бери 3000 дан ортиқ одам ҳалок бўлган.

23 ta dorixonaning lisenziyasi bekor qilindi

2026 йил I-чорагида Фармацевтика фаолиятини лицензиялаш ва фарминспекция бошқармаси томонидан талабларни қўпол равишда бузган 23 та дорихонанинг лицензияси бекор қилинди.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ga 48 mlrd so‘m qo‘shimcha kompensasiya belgilandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси Давлат экологик назорат инспекцияси (Экополиция) томонидан Тошкент вилояти ҳудудида навбатдаги экологик назорат рейд тадбирлари ўтказилди.

ChatGPT va OpenAIni Florida universitetidagi otishma uchun qurbon bo‘lganlar oilasi sudga bermoqchi

Бу ҳақда The Times ва бошқа халқаро нашрлар хабар қилмоқда.

Netanyahu Livan bilan darhol muzokara boshlashni buyurdi

Бу ҳақда The Times of Israel хабар берди.

Isroil armiyasi Bayrut aholisini uylarini tark etishga chaqirdi

Янги зарбалар кутилмоқда.

Livan Bosh vaziri Pokistondan Isroil hujumlarini to‘xtatishda yordam so‘radi

Наваф Салам покистонлик ҳамкасби Шаҳбоз Шарифга мурожаат қилиб, Ливанни ҳам Эрон билан боғлиқ ўт очишни тўхтатиш келишувига киритишни сўради.

Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan «xufiyona sir» oshkor bo‘ldi

Қозонлар ичига яширилган наркотик моддалар фош қилинди.

AQSH–Eron kelishuvi Livan masalasida to‘siqqa uchradi

АҚШ ва Эрон ўртасидаги ўт очишни тўхтатиш келишуви Ливандаги вазият туфайли издан чиқиши мумкин.

Ekologik ta’lim bog‘chalardan boshlanmoqda

Наманганда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси, Республика “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши, вилоят Экология ва иқлим ўзгариши бош бошқармаси ҳамда вилоят “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши томонидан “Жажжи экологлар” лойиҳасига старт берилди.

Erondan keskin ogohlantirish: «AQSh o‘zining agressiv itni to‘xtata olmasa…»

Бу ҳақда Tasnim агентлиги манбага таяниб хабар берди.

Hindiston chegarani qo‘riqlashda timsoh va zaharli ilonlardan foydalanmoqchi

Ҳиндистон расмийлари ноқонуний мигрантлар оқимини тўхтатиш учун Бангладеш билан чегаранинг бориш қийин бўлган қисмларини ҳимоя қилиш учун «биологик тўсиқ»дан фойдаланишни кўриб чиқмоқда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi — mintaqada keskinlik yanada kuchaymoqda

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар берди.

Xitoy vositachiligida Afg‘oniston va Pokiston keskinlikni yumshatishga kelishdi

Хитой минтақада тинчлик ва барқарорликни таъминлаш учун мулоқот платформасини қўллаб-қувватлашини билдирди.

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Шунингдек, болалардан 6 нафари 2 ойдан 8 ойгача умумтаълим мактабидаги дарсларга бормаган, аксинча, мажбуран уйда сақланиб, ҳатто уларга кўчага чиқишга ҳам рухсат берилмаган.

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Суҳбат чоғида Америка–Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгаши йиғилиши натижалари муҳокама қилинди, шунингдек, иқтисодий лойиҳалар портфели изчил кенгайиб бораётгани қайд этилди.

Rubio AQSh va Eron muzokaralaridan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

AQSh o‘z fuqarolarini uyda qolishga chaqirdi

Манамадаги АҚШ элчихонаси Байҳрайндаги барча америкаликларга Яқин Шарқдаги кескин вазият сабаб уйдан чиқмасликни тавсия қилди.

Tramp: soat 20:00 — hal qiluvchi nuqta bo‘lishi mumkin

Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.

AQSH–Eron muzokaralaridagi asosiy muammo — ishonchsizlik

Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.

Buyuk Britaniya Trampning Eron bo‘yicha tahdidlaridan xavotirda

Британиялик сиёсатчи Жим Фергюсон АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги баёнотини кескин танқид қилди.